Tadbirkorlarga qurilish laboratoriyasi faoliyati tanishtirildi

“O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi Olmaliq filiali mutaxassislari korxona rahbarlarini qurilish laboratoriyasi faoliyati bilan tanishtirdi.

Markaz labaratoriyasida o‘tkazilgan kichik ekskursiya davomida tadbirkorlar sohaga oid masalalar yuzasidan muhim ma’lumotlarga ega bo‘ldi. Shuningdek, ularni qiziqtirgan savollarga batafsil javob qaytarildi.