Tadbirkorlar sinov labaratoriyasi faoliyati bilan tanishishdi

“O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi Surxondaryo filialida joylashgan sinov labaratoriyalar majmuasiga tadbirkorlar taklif etildi. Ular labaratoriyalar faoliyati va imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirildi.

Bugungi kunda sinov laboratoriyasi majmuasiga 100 dan ortiq sinov jihozlari va yordamchi uskunalar o‘rnatilgan. Buning natijasida 278 dan ortiq sinov usullari, ya’ni oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sinovi, tabiiy gaz sinovi va qurilish mahsulotlari sinov ishlarini amalga oshirish imkoniyatlari mavjudligi to‘g‘risida tadbirkorlik subyektlariga maʼlumotlar yetkazildi.