Mutaxassislar Janubiy Koreyaning KCL kompaniyasida o'tkazilgan seminar-treningda qatnashmoqda

Koreya Respublikasining “Korea Conformity Laboratories” (KCL) kompaniyasida “Muvofiqlikni baholash va samaradorlikni nazorat qilish tizimi bilan tanishish, Koreya energiya samaradorligini sertifikatlashtirish tizimi va sinov tizimi” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda.

Unda “Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasining 5 nafar labaratoriya xodimlari ishtirok etmoqda.

Seminarda xalqaro standartlar va muvofiqlikni baholash, energiya taʼminoti va talabini boshqarish, samaradorlikni va tizimning ishlashini uzluksiz nazorat qilish, energiya samaradorligi darajasini belgilash tizimi tog‘risida maʼruzalar qilinmoqda.