“O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi hovlisida Markazda faoliyat yuritayotgan xodimlarning 1-sinfga qabul qilingan farzandlari uchun tadbir tashkillashtirildi. Mustaqillik bayrami arafasida tashkil etilgan ushbu tadbirda bolajonlarga xursandchilik bag‘ishlash maqsadida turli o‘yinlar o‘tkazilib, sahna namoyishlari ko'rsatildi.
Tadbirda so‘z olgan mas‘ullar ertamiz egalarining kelgusida maktabda bilimlarni puxta egallab, a’lo baholarga o‘qishini, Vatan uchun nafi tegadigan yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishini tiladi. Tadbir yakunida bolalarga o‘quv qurollari to‘ldirilgan sumka va esdalik o‘yinchoqlari topshirildi.