Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qoʻmitasi bilan hamkorlikda mahalliy korxonalar uchun davra suhbati oʻtkazildi

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qoʻmitasi Kichik va oʻrta biznes korxonalari departamenti hamda Germaniya ishbilarmon doiralari vakillari hamkorligida mahalliy eksportyor korxonalar uchun seminar tarzida davra suhbati tashkil qilindi.
Bundan tashqari, xalqaro ekspertlar "Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasining oziq-ovqat mahsulotlari sinov laboratoriyalar majmuasi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.
Ma'lumot uchun, Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qoʻmitasi-nemis korxonalari uyushmalarini birlashtiruvchi muassasa hisoblanadi. Qoʻmita 1952-yildan buyon Rossiya, Belarus, Ukraina, Markaziy Osiyo, Kavkaz va Janubiy-Sharqiy Yevropa bozorlarida nemis kompaniyalari manfaatlarini himoya qilib keladi. Ushbu tashkilot Germaniyaning iqtisodiyot va siyosat sektorlari oʻrtasida vositachi vazifasini bajaradi.