Diqqat e'lon!!! Laboratoriya jihozlarini yetkazib berish boʼyicha tijorat taklif soʼrovi

    

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 14 iyuldagi “Har bir oila-tadbirkor” dasturini hamda Namangan viloyatidagi kichik sanoat zonalarini rivojlantirishni moliyalashtirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-4782-son qarori asosida Namangan shahridagi “Yuksalish” kichik sanoat zonasi hududida xalqaro talablar asosida polimer, yengil sanoat, elektr texnikasi, kimyo va qurilish mahsulotlarini sinash boʼyicha laboratoriyalar kompleksini tashkil etish belgilangan.
Mazkur laboratoriyalar kompleksini tashkil etish doirasida Oʼzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi tomonidan polimer, yengil sanoat, elektr texnikasi, kimyo va qurilish mahsulotlarini sinash uskunalarini xarid qilish boʼyicha ochiq elektron tender savdolarini oʼtkazilishini rejalashtirgan.
Sinov uskunlarni yetkazib berish, oʼrnatish, ishga tushirish va xodimlarni oʼqitish boʼyicha narhlar toʼgʼrisida maʼlumotlarni info@uztest.uz elektron pochtasiga yoki Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bogʼiboʼston 210 manziliga yuborishingizni soʼraymiz.
Elektron tender savdolarini oʼtkazish uchun texnik topshiriq. yuklab olish